Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

 Eron SSV: Isroil hujumlarida 606 kishi halok bo‘ldi

 Eron SSV: Isroil hujumlarida 606 kishi halok bo‘ldi

Isroil va Eron o‘rtasida 13-iyun kuni boshlangan qurolli mojaroda 5 mingdan ortiq odam jarohatlangan va 606 kishi halok bo‘lgan.

Bu haqda Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy ma’lumot berdi.

Eron sog‘liqni saqlash vaziri Muhammad Rizo Zafarg‘oniyning aytishicha, birgina so‘nggi 24 soat ichida 107 kishi halok bo‘lgan.

O‘z navbatida, ayrim manbalar Eronda hukumati tomonidan jurnalistik tekshiruvlarga cheklovlar bo‘lganligi sababli yetkazilgan zarar miqdorini baholash qiyinligi hamda qurbonlar soni ham rasmiy ko‘rsatkichdan qariyb ikki baravar ko‘p bo‘lishi mumkinligi haqida yozmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring