Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron yaqin vaqt ichida «vayronkor javob zarbasi»ni va’da qildi

Eron yaqin vaqt ichida «vayronkor javob zarbasi»ni va’da qildi

AQSh va Isroilning Eronga qarshi keng ko‘lamli harbiy amaliyotining ehtimoliy maqsadi Eron hukumatiga bosim o‘tkazish va uning harbiy hamda yadroviy salohiyatini izdan chiqarishdan iborat.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ertalabdan boshlab Isroil va AQSh kuchlari Eron hududiga raketa-bomba zarbalari bermoqda. Hujumlar Oliy rahbar qarorgohi, prezident saroyi, Razvedka va mudofaa vazirliklari binolari, yadroviy ob’yektlar hamda Islom qo‘riqchilari korpusi harbiy bazalariga qaratilgan.

Isroil rasmiylari operatsiya «Yahudiy qalqoni» deb nomlanganini va u to‘rt kun davom etishi rejalashtirilganini bildirgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp esa operatsiya maqsadi amerikaliklarni Eron hukumatidan kelayotgan «tahdid»dan himoya qilish ekanini ta’kidladi.

The New York Times nashrining yozishicha, qaror Eron yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralar samarasiz kechganidan so‘ng qabul qilingan. Amerika rasmiylari bu safargi hujumlar o‘tgan yil iyun oyidagi yadroviy ob’yektlarga berilgan zarbalardan ancha kuchliroq bo‘lishini bildirgan.

Eron fuqarolari ijtimoiy tarmoqlarda ibodat vaqtlarini ko‘rsatuvchi «Bad Sabah» ilovasi buzilgani haqida yozmoqda. Ularning ta’kidlashicha, ilovada namoz vaqtlari o‘rniga Eron hukumatini ag‘darishga chaqiruvchi xabar paydo bo‘lgan.

Eron rasmiylari yaqin vaqt ichida «vayronkor javob zarbasi» berilishini ma’lum qildi. Mamlakat rahbariyati har qanday tashqi bosimga qat’iy javob qaytarilishini ta’kidlamoqda.

Ayni paytda mintaqadagi vaziyat o‘ta tarang bo‘lib qolmoqda. Xalqaro hamjamiyat tomonlarni ziddiyatni yanada kuchaytirmaslik va diplomatik yщl izlashga chaqirmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring