Yerosti boyliklarni noqonuniy qaziganlar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Yer qa’ridan foydalanishga oid huquqbuzarlik haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi.
Hukumat qarori (457-son, 22.07.2025 y.) bilan “Yer qa’ridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar haqida xabar bergan jismoniy shaxslarni pul mukofoti bilan rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, shaxslar huquqbuzarlikni videotexnika vositalari orqali qayd etishi hamda “Geomonitoring” tizimi orqali Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasiga yuborishi lozim.
Foto va video materiallarda quyidagilar aks ettirilishi kerak:
- sodir etilgan huquqbuzarlik;
- huquqbuzarlik sodir etgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar (agar mavjud bo‘lsa);
- huquqbuzarlik sodir etilgan manzil, sana va vaqt.
Foto va video materiallar 15 ish kunida ko‘rib chiqiladi. Foto va video materiallarni yuborgan shaxslar quyidagi miqdorlarda pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:
- keng tarqalgan noruda foydali qazilmalarni qonunga xilof ravishda qazib olish yoki boshqa joyga tashish bo‘yicha – huquqbuzardan undirilgan mablag‘lar hisobidan BHMning 1 baravari;
- foydali qazilmalarni qazib olish, mineral xomashyoni qayta ishlash sohasidagi boshqa huquqbuzarlik bo‘yicha – huquqbuzardan undirilgan jarima miqdorining 5 foizi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter