Ertaga Bunyodkor ko‘chasining bir qismi yopiladi

«Aral marathon» Xalqaro ekologik marafonining o‘tkazilishi sababli, 17-oktyabr kuni soat 08:30 dan 10:00 gacha Bunyodkor shoh ko‘chasi dublyor yo‘lining Rasulov ko‘chasi bilan kesishgan joyidan «Xalqlar do‘stligi» maydoni yonidagi qaytish yo‘ligacha (razvorot) yopiq bo‘ladi, deb xabar berdi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
Bunyodkor shoh ko‘chasining Toshkent sirki tomoniga ketuvchi asosiy harakatlanish yo‘llari yopilmaydi.
Hokimlik keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter