Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Estoniyada taksichi-deputatga dakki berishdi

Estoniyada taksichi-deputatga dakki berishdi

Martin Repinskiy.

Foto: «Delfi.ee»

Estoniya parlamentining a’zosi, sobiq qishloq hayoti vaziri Martin Repinskiy o‘tgan yilning noyabr oyi oxiridan beri taksichilik qilib pul topayotgani uchun tanqidga uchradi.

Siyosatchining Riygikogu (Estoniya parlamenti)dagi maoshi — 4 400 yevro, u ehtiyojiga yarasha qo‘shimcha pul topish uchun taksilik qilayotganini tushuntirdi. Repinskiy hozir, parlament yig‘ilishlari davrida, odam tashimayotganini aytdi. Deputat Markazchilar partiyasi fraksiyasi yetakchisi Yaanus Karilayd hamda Markazchilar partiyasi raisi, parlament spikeri Yuri Ratas o‘tkazgan «tarbiyaviy soat» (suhbat)dan so‘ng taksichilikni to‘xtatib turishga qaror qildi.

«Biroq e’tirozim ham yo‘q emas. Ayrim yig‘ilishlarda mening qatnashishim talab qilinmaydigan bo‘sh vaqtlar bo‘ladi. Riygikogu a’zosining ishi faqat majlislardan iborat emas, bundan ham muhim ishlar bor. Ba’zida. Vaholanki men hanuz jamoa o‘yinchisi va partiya va fraksiyada yakka o‘zim emas ekanman, boshqalar bilan hisoblashishimga to‘g‘ri keladi. Va ushbu kelishuvlarga rioya qilaman», — deya va’da berdi Martin Repinskiy.

Yuri Ratas (spiker) istalgan qo‘shimcha ish deputatlarning parlamentdagi asosiy faoliyatiga xalaqit bermasligi kerakligini ta’kidladi.

Martin Repinskiyning aytishicha, taksichilik qilib yurgani ko‘pchilikning e’tiborini tortgani uchun, endilikda Riygikokudan uzoq ketolmaydi. Xususiy tashuv faoliyati bilan ham doimiy shug‘ullanish niyati yo‘q, keyingi saylovda nomzodini qo‘yish-qo‘ymaslik masalasida esa hozir bir to‘xtamga kelgan emas.

Xabarda aytilishicha, o‘tgan yili parlamentning qo‘shimcha daromad qilayotgan yana bir deputati, «Vatan» partiyasi a’zosi Tarmo Kruuzimyae elektron sigaretlarni reklama qilib «qo‘lga tushgandi».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring