Yevroittifoq Suriyaga qarshi barcha iqtisodiy sanksiyalarni bekor qildi

Yevropa Ittifoqi Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni boshladi. Avvalroq mamlakatni siyosiy o‘tish davrida qo‘llash uchun sanksiyalar vaqtincha to‘xtatilgan edi.
YeI bosh diplomati Kaya Kallas X ijtimoiy tarmog‘ida bergan bayonotga ko‘ra, Suriya xalqiga mamlakatni tiklashda yordam berish uchun shunday qarorga kelindi.
«Bugun biz Suriyaga qarshi joriy etilgan barcha iqtisodiy sanksiyalarimizni yechishga qaror qildik. Biz suriyaliklarga yangi, inklyuziv va tinch Suriyani qurishda ko‘maklashishni istaymiz», — deb yozdi Kallas.
Qo‘shimcha qilinishicha, Yevropa Ittifoqi Damashqni qo‘llashda davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter