Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa hududidan sovuq havo kirib keladi — «O‘zgidromet»

Yevropa hududidan sovuq havo kirib keladi — «O‘zgidromet»

Foto: «Xabar.uz»

Bugun respublikamizning shimoli-g‘arbiy hududlariga va kechga tomon qolgan hududlarga Rossiyaning Yevropa hududidan sovuq va nam havo massasi kirib keladi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar bermoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida kun dauvomida, qolgan hududlarda kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor yog‘adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlarida kechasi va ertalab biroz qor yog‘adi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha quruq ob-havo kuzatiladi. Havo harorati pasayadi va ko‘pchilik hududlarda kechasi va kunduzi 0-5o iliq, shimolda kechasi 5-10o sovuq, kunduzi 0-5o iliq atrofida bo‘ladi.

Bugun va ertaga fronti kirib kelishida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

26 fevral kuni O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning katta qismida harorat kechasi 2-5o sovuqgacha pasayadi. Kunduzi quyosh hisobiga havo harorati 7-12o iliqgacha ko‘tariladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Ushbu kunlarda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Poytaxtimizda bugun kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 16-18o iliq bo‘ladi.

Shanba kuni vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va ertalab 3-5o iliqni tashkil etadi, kunduzi 0-2o iliqgacha pasayadi.

Yakshanba kuniga kelib, yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 2-4o sovuq, kunduzi 8-10o iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring