Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa Ittifoqida katta yoshli aholining qariyb 55 foizi emlandi

Yevropa Ittifoqida katta yoshli aholining qariyb 55 foizi emlandi

Foto: «Rus.delfi.lv»

Yevropa Ittifoqida hozirgi kunga qadar 200 million kishi, ya’ni katta yoshli aholining qariyb 55 foizi koronavirusga qarshi to‘liq emlanib bo‘ldi. Bu haqda Bryusselda bo‘lib o‘tgan brifingda Yevropa komissiyasi vakili Dana Spinant ma’lum qilgan.

«Bugungi kunga kelib Yevropa Ittifoqida 200 million kishi to‘liq emlandi. Bu katta yoshli aholining 54,7 foizini tashkil etadi. Ittifoqdagi katta yoshli aholining 68,4 foizi vaksinaning hech bo‘lmaganda bitta dozasini qabul qilishgan», — dedi u.

Uning fikricha, bu yaxshi ko‘rsatkichlar, ammo virus tarqalishiga qarshi samarali kurashish uchun vaksinatsiya butun YeI hududi bo‘ylab bir tekis amalga oshirilishi nihoyatda muhim.

Avvalroq Ruminiya, Bolgariya va Xorvatiyada Yevropa Ittifoqining boshqa a’zolariga qaraganda vaksinatsiya jarayoni sekinroq kechayotgani ta’kidlangandi.

Yevropa Ittifoqi iyul oyi oxiriga qadar katta yoshli aholining 70 foizini koronavirusga qarshi to‘liq emlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring