Yevropa qishki vaqtga o‘tdi
Bugun, 30-oktyabrdan deyarli butun Yevropa (Rossiya va Belarusdan tashqari) «qishki vaqt»ga o‘tdi.
Yevropa Ittifoqining barcha mamlakatlarida (shuningdek, Ukraina va Moldovada) tonggi 4 da soat millari bir soat orqaga surildi.
Yevropada doim yozgi vaqtga o‘tish (bir soat oldinga) mart oyining so‘nggi yakshanbasi, qishki vaqtga o‘tish (bir soat orqaga) oktyabr oyining so‘nggi yakshanbasiga to‘g‘ri keladi. «Eng sezilmaydigan» kunligi uchun yakshanba tanlangan.
Faslga qarab vaqtni o‘zgartirish tajribasi faqat Yevropa Ittifoqida qo‘llaniladi.
2018-yili Yevropa komissiyasi vaqtni o‘zgartirish amaliyotidan voz kechish taklifini ilgari surgan, 2019-yilda Yevropa parlamenti bu bo‘yicha qonun loyihasini ma’qullagandi. Hatto 2021-yilda soat millari so‘nggi marotaba o‘zgartirilishi kutilgandi. Unga muvofiq YIga a’zo har bir mamlakat kishki yoki yozgi vaqtda qolishini o‘zi belgilashi kerak edi.
Biroq taklif Yevropa Ittifoqi kengashi tomonidan hali ko‘rib chiqilmagan. Demak, Yevropa «qishga chekinish»da davom etadi.
Bizga ta’siri
Yevropaliklar «ortga chekinishi» ortidan o‘rtaga bir soatlik farq tushadi. Masalan, Toshkentda soat millari 23:00 ni ko‘rsatgan paytda Parij, Rim va Berlinda 20:00 (o‘rtadagi farq — 3 soat), Londonda 19:00 (o‘rtadagi farq 4 soat) bo‘lardi. Biroq bugundan hammasi o‘zgardi: Parij 4 soatga, London 5 soatga «uzoqlashdi». O‘zgarishlarni hammadan ko‘p futbol muxlislari his etishlari aniq: o‘yinlar bir soat kechroq boshlanadi: uyqu vaqti qisqaradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter