Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropada jazirama tufayli 2,3 ming kishi halok bo‘ldi

Yevropada jazirama tufayli 2,3 ming kishi halok bo‘ldi

Joriy yilning 23-iyunidan 2-iyuliga qadar Yevropaning 12 shahrida 2,3 mingga yaqin kishi kuchli jazirama oqibatida vafot etgan.

Angliyalik olimlar o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, issiq harorat sabab vafot etganlarning taxminan 1,5 ming nafari yoki 65 foizining o‘limi iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq.

Tadqiqot mualliflarining aytishicha, o‘rganilayotgan shaharlarda havo harorati har doimgidan 1-4 darajagacha ko‘tarilgan. Jumladan, Milan (317 o‘lim), Barselona (286 o‘lim), Parij (235 o‘lim), shuningdek, London, Rim, Madrid, Afina, Budapesht, Zagreb, Frankfurt va Lissabon shaharlarida iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq o‘limlar kuzatilgan.

Kuzatilgan o‘limlarning asosiy qismi (88 foizi) 65 va undan katta yoshdagi odamlarda uchragan. Ta’kidlanishicha, bu ma’lumotlar yondosh kasalliklarga chalingan odamlarda jazirama kunlar erta o‘limning xavfini oshiradi.

Olimlar, shuningdek, iqlim isishi erta o‘lim ko‘rsatkichlarini uch baravargacha oshirib yuborishini taxmin qilishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring