Farg‘onada mustaqillikning 30 yilligiga atab tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi «Farg‘ona viloyati kengashi tomonidan Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!» shiori ostida istiqlol shodiyonalariga bag‘ishlangan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Jumladan, viloyatning Furqat tumanida o‘tkazilgan tadbirda O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi raisi Rahmatullo Kamolov va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavludaxon Xodjayeva so‘zga chiqdi.
Bugungi kunda partiya inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, ehtiyojlari va manfaatlari yo‘lida sidqidildan xizmat qilish, jamiyatimizning barcha faol qatlamlarini «Yangi O‘zbekiston: birgalikda yuksalish sari!» g‘oyasi atrofida birlashtirgan holda yurtimizdagi har bir inson farovonligini ta’minlash, Uchinchi Renesans poydevorini qurish borasidagi ulkan ishlarga munosib hissa qo‘shishni o‘z oldiga ustuvor vazifa sifatida qo‘ygan, – deydi partiyaning viloyat Kengashi apparat rahbari v.b Halimjon Rahmonov.
Uyushqoqlik bilan tashkil etilayotgan ommaviy tadbirda partiya tashkil etilganining ilk kunlarida u bilan birga bo‘lgan faollar, deputatlar, xalqimiz suygan madaniyat va san’at sohasi vakillari, taniqli sportchilar, tadbirkor va fermerlar faol ishtirok etdilar. Ular o‘z sohalarida qilingan mislsiz yangilanish va o‘zgarishlarni oddiy, sodda tilda eng asosiysi samimiy e’tirof etdilar.
Ochiq osmon ostida o‘tkazilgan ommaviy tadbir xushovoz xonandalarning taronalari bilan davom etdi.
Shohsulton To‘xtamatov,
O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi matbuot kotibi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter