Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onalik fuqaro 165 kilogramm go‘shtni deb 10 yilgacha qamalishi mumkin

Farg‘onalik fuqaro 165 kilogramm go‘shtni deb 10 yilgacha qamalishi mumkin

Foto:«Xabar.uz»

Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumanida fuqaro O.F. M.X.ning ishonchiga kirib, sotmoqchi bo‘lgan 9.447.000 so‘mlik 165 kilogramm mol go‘shtini sotib olishga kelishgan. Xaridor pullarni bir hafta muddatda berishini aytib, bergan va’dasini bajarmasdan mol go‘shtini boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. 

Farg‘ona IIB ma’lumotiga ko‘ra, holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring