Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farrux Aliyev — Feel Tashkent fototanlovi g‘oliblari safida

Farrux Aliyev — Feel Tashkent fototanlovi g‘oliblari safida

Feel Tashkent fototanlovi g‘oliblari e’lon qilindi. E’tiborlisi, unda «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali foto muxbiri Farrux Aliyev faxrli o‘rinlardan biriga munosib deb topildi.

Bugun Autograph galereyasida Feel Tashkent fotosuratlar tanlovining 50 nafar finalchilari va g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda tanlovning eng yaxshi fotosuratlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Taqdirlash marosimida g‘oliblarga sovg‘alar shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va hokim o‘rinbosari Furqat Mahmudxo‘jayev tomonidan topshirildi.

Tanlov g‘oliblari:

1-o‘rin — Zarina Tadjiyeva

2-o‘rin — Raisa Doroshina

3-o‘rin — Farrux Aliyev

«Tomoshabinlar rag‘bati» nominatsiyasida g‘oliblikni Malika Temirova qo‘lga kiritdi.

«Xabar.uz» jamoasi Farrux Aliyevni mazkur g‘alaba bilan qutlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring