Farzandlarimiz taqdiri kimning qo‘lida? Bog‘cha xodimasi bir erkakni pichoqladi

Kecha, 25-yanvar kuni soat 14:30 larda Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashovchi, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudirasi, 1984-yilda tug‘ilgan D.S. ish joyida janjal ko‘targan.
Janjal oqibatida u erkak tanishi B.I.ning qorin qismiga pichoq bilan urib, jarohat yetkazgan. Natijada B.I. kasalxonaga yotqizilgan. D.S. esa ushlangan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter