Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fevral oyida ham anomal sovuq bo‘ladimi? Gidrometeorologiya xizmati ma’lumoti

Fevral oyida ham anomal sovuq bo‘ladimi? Gidrometeorologiya xizmati ma’lumoti

Foto: Xabar.uz

Respublika Gidrometeorologiya xizmati kelayotgan fevral oyi uchun ehtimoliy ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.

O‘zbekistonda fevral oyining birinchi o‘n kunligida harorat asosan kechalari 0+5 daraja iliq, ba’zi joylarda -2 daraja sovuq bo‘ladi. Kunduzi harorat +3+8 daraja iliq, ba’zi joylarda +10+12 daraja iliq bo‘lishi, shimolda kechalari -3-8 daraja sovuq, kunduz kunlari +2+7 daraja iliq bo‘lishi kutiladi.

Ma’lum qilinishicha, o‘n kunlik nisbatan yog‘ingarchilikka boy bo‘ladi. O‘zbekistonning barcha hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin.

Fevral oyining oxirigacha harorat kechalari +2+7 daraja iliqdan 0-5 daraja sovuqgacha tushadi. Shuningdek, kunduz kunlari +2+7 daraja iliqdan +12+17 iliqgacha o‘zgarib turishi kutiladi.

Ayrim kunlarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qor va yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchiliklar kuzatiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring