FIFA reytingi. O‘zbekiston Osiyoda 12-o‘rinda, dunyoda esa 85-pog‘onada

Xalqaro futbol uyushmasi - FIFA tashkiloti butun dunyo terma jamoalarining dekabr oyi uchun reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Belgiya termasi 1765 ball bilan 1-o‘rinni egallab turibdi.
Ikkinchi o‘rinda Fransiya 1733 ball bilan va 3-o‘rinda esa Braziliya 1712 ball bilan bormoqda.
Osiyoda eng yaxshi ko‘rsatkich Yaponiyada. Kunchiqar yurt termasi 1503 ball bilan qit’ada birinchi va dunyoda 28-o‘rinda ketmoqda.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bo‘lsa qit’ada sharafli 12-o‘ringa joylashgan.
1 Belgiya 1765
2 Fransiya 1733
3 Braziliya 1712
4 Angliya 1661
5 Urugvay 1645
28 Yaponiya 1503
33 Eron 1489
40 Koreya 1461
42 Avstraliya 1457
55 Qatar 1396
67 Saudiya Arabistoni 1351
70 Iroq 1344
71 BAA 1334
76 Xitoy 1322
79 Suriya 1314
82 Ummon 1303
85 O‘zbekiston 1289
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter