Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FIFA Series: O‘zbekiston Gabonni mag‘lub etdi

FIFA Series: O‘zbekiston Gabonni mag‘lub etdi

Foto: O‘FA.

FIFA Series turniri doirasida O‘zbekiston va Gabon termalari o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda o‘zbekistonliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Gabonliklar 6-daqiqadayoq hisobni ochdi. Ammo 14-daqiqada Eldor Shomurodov hisobni tenglashtirdi. 

Ikkinchi taymda O‘zbekiston faol hujum olib bordi. 59-daqiqada Jahongir O‘rozov jamoamizni hisobda oldinga olib chiqdi. Qo‘shib berilgan vaqtning 4-daqiqasida Alisher Odilov hisobni yiriklashtirdi. 

Shu tariqa O‘zbekiston Gabonni mag‘lub etdi. Boshqa bir uchrashuvda Venesuela Trinidad va Tobagoni yirik hisobda yengdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring