Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Firibgar «O‘zpaxtasanoat» aksiyalarini 12 ming dollarga «pulladi»

Firibgar «O‘zpaxtasanoat» aksiyalarini 12 ming dollarga «pulladi»

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi xodimlari aksiya bilan bog‘liq firibgarlikni fosh etdilar.

Tekshiruvlar davomida fuqaro O. o‘zini O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasida ishlashini aytib, «O‘zpaxtasanoat» AJning aksiyalarini tovar-xomashyo birjasidan olib berishni va’da qilib, fuqaro J.dan 12000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan va o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring