Forbes dunyoning eng boy ayollarini aniqladi

Rafaela Aponte-Diamant va Janluiji Aponte.
Forbes o‘zini o‘zi milliarderga aylantirgan (selfmade) dunyodagi eng boy 50 nafar ayol reytingini tuzdi.
Reytingga kirganlarning boyligi 2,1 mlrd dollardan boshlanadi. Eng ko‘p Osiyo-Tinch okeani mintaqasi vakillari — 24 nafar. Shimoliy Amerikadan 20 nafar, Yevropadan 6 nafar milliarder ayol ro‘yxatga kirdi. 14 nafar milliarder ayolning faoliyati texnologiyalar bilan bog‘liq.
Dunyoning eng boy ayoli — shveysariyalik kemachilik magnati 80 yoshli Rafaela Aponte-Diamant hisobida 38,8 mlrd dollar bor. U turmush o‘rtog‘i Janluiji Aponte bilan birgalikda «Mediterranean Shipping Company»ga asos solgan. Bu hozir 136 mingdan ziyod xodim ishlovchi, 900 ta kemasi, 675 ta ofisiga ega dunyodagi eng yirik kemachilik kompaniyasi hisoblanadi.
Ikkinchi o‘rinda (katta farq bilan) — amerikalik Dayan Hendriks. U dunyodagi eng yirik boshpana beruvchi distribyutorlardan sanalgan ABC Supply asoschilaridan sanaladi.
Uchinchi o‘rinda — xitoylik 64 yoshli Chjun Xueyszyuan (15,6 mlrd dollar). U Hansoh Pharmaceuticals farmatsevtika kompaniyasi asoschisidir.
Rossiyalik Wildberries asoschisi, 49 yoshli Tatyana Kim reytingda 18-o‘rinni band etdi (4,6 mlrd dollar).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter