Gazlida yangi gaz qudug‘i ochildi

Gazli neft gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Qo‘shimcha» gazkondensat konidagi 9-sonli quduqda burg‘ulash ishlari tugatildi.
Shuningdek, quduqda 2176-2169 m, 2162-2159 m intervallar oralig‘ida perforatsiya ishlari olib borildi.
Natijada quduqdan kunlik 80 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 2 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.
Ma’lumot uchun: «Qo‘shimcha» gazkondensat koni Buxoro Viloyatining Qorako‘l tumanida joylashgan bo‘lib, 2016 yil aprel oyida ishga tushirilgan.
«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter