Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Germaniya Ukrainaga tanklar berishdan bosh tortdi

OAV: Germaniya Ukrainaga tanklar berishdan bosh tortdi

Germaniya kansleri Olaf Shols Ukraina bosh vaziri Denis Shmigalning qo‘shimcha harbiy yordam so‘rashini rad etdi.

Bu haqda Die Welt gazetasi Ukraina rasmiylariga tayanib yozmoqda.

Gap Germaniyaning Leopard-2 tanklarini Kiyevga yuborish haqida ketmoqda. So‘rovga nemis ishlab chiqaruvchisi  Krauss-Maffei Wegmann (KMW) (KMW) tomonidan jami 1,55 milliard yevrolik tanklarni yetkazib berish bo‘yicha taklif asos bo‘lgan. Birinchi tanklar shartnoma tuzilganidan keyin 36 oy o‘tgach yetkazib berilishi mumkin edi.

Olaf Щols eksport litsenziyasini berishni tasdiqlashdan bosh tortdi, deb yozadi DW.

Nashrning ta’kidlashicha, Щols qo‘shimcha harbiy yordam bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishga «mutlaqo tayyor emas».

Avvalroq, Polsha Germaniyadan $1,32 trln talab qilmoqchi ekani xabar berilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring