Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Giyohvandlik girdobiga tushib qolgan mashhur milliarder vafot etdi

Giyohvandlik girdobiga tushib qolgan mashhur milliarder vafot etdi

Foto: www.sabah.com

Kripto-valyuta orqali katta boylikka erishgan AQShlik milliarder Mettyu Mellon 54 yoshida Meksikada, o‘zi davolanayotgan shifoxonada vafot etdi.

Meksikaning Kankun shahridagi reabilitatsiya markazida davolanayotgan 54 yoshli milliarder anchadan beri giyohvand moddalarga ruju qo‘gan edi. Uning o‘limiga shu zahri qotil sabab bo‘lgan.

Mettyu Mellon  AQShning «New York Mellon» va «Drexel Burnham Lambert» banklariga asos solgan oila farzandi edi.

2016-yilda Mellon haqida tarqalgan xabarlarga ko‘ra, u o‘sha paytda har kuni 80 hap (otim) giyohvand modda iste’mol qilishi, bunga qarshi oksikodon og‘riq qoldiruvchi dori ichar ekan. U ayrim paytlarda bitta dori uchun 100 ming dollar sarflagan.

Ikki marta uylangan millarderning uch nafar farzandi bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring