Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«GM Uzbekistan» Bo‘stonliq tumanida eko-aksiya tashkil qildi

«GM Uzbekistan» Bo‘stonliq tumanida eko-aksiya tashkil qildi

Aksiyada 100 ga yaqin ko‘ngillilar qatnashdi.

Foto: «GM Uzbekistan» jamoatchilik bilan aloqalar xizmati

28-aprel kuni «GM Uzbekistan» AJ Bo‘stonliq tumanining Bildirsoy hududida «Birinchi bo‘l. O‘zingdan boshla» shiori ostida eko-aksiya tashkil qildi.

Foto: «GM Uzbekistan» jamoatchilik bilan aloqalar xizmati

Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur aksiyadan maqsad hududni chiqindilardan tozalash bilan birga aholining ekologik madaniyatini oshirish hamda kompaniyaning ijtimoiy mas’ulligini namoyon etishdan iborat bo‘ldi. Aksiyada 100 ga yaqin ko‘ngillilar qatnashdi.

Tadbir natijasida ishtirokchilar tomonidan 6 tonnaga yaqin chiqindi yig‘ildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring