Go‘zallik tanlovi malikasi Layli Kenza — haqiqiy inson emas. Ammo hamma hayratda
Marokashlik Layli Kenza birinchi raqamli go‘zallik tanlovi malikasiga aylandi.
Layli Kenza — haqiqiy inson emas. U to‘liq sun’iy intellekt vositasida yaratilgan model. Unga go‘zallik malikasi maqomidan tashqari, 20 ming dollar mukofot puli berildi.
The New York Post yozishicha, Kenza o‘z ijtimoiy tarmoqlari orqali obunachilari bilan tinmay muloqot qiladi, uning go‘zalligi va kamtarligi barchani lol qoldirmoqda.
Kenzani haqiqiy insondan ajratish amrimahol, shu bois u World AI Creator Awards doirasida Fanvue onlayn-platformasida o‘tkazilgan dunyodagi ilk «Sun’iy intellekt xonim» go‘zallik tanlovi g‘olibi bo‘ldi.
Tanlov shartiga ko‘ra, haqiqiy odamlarning dipfeyklari qabul qilinmadi, ya’ni «jahon go‘zali» bo‘lishga da’vogar model to‘liq sun’iy intellekt vositasida yaratilgan bo‘lishi kerak edi.
Hakamlar hay’ati qatnashchilarni go‘zalligi, ijtimoiy tarmoqlarda faolligi, sun’iy intellekt vositalaridan foydalana olishi kabi mezonlar asosida baholashdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter