Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari GTL loyihasi holatini o‘rgandi (foto+video)

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari GTL loyihasi holatini o‘rgandi (foto+video)

«Uzbekneftegaz GTL» zavodida olib borilayotgan investitsion loyiha holatini o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Olimxon Rustamov hamda «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev hamrohligida qurilish maydonida bo‘lishdi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif davomida investitsiya loyihasining amalga oshirilishi, qurilish-montaj ishlarini yakunlash holati, tashqi infratuzilma ob’yektlari qurilishining olib borilishi, shuningdek, «Uzbekneftegaz GTL» korxonasining ishga tushirish-sozlash oldi va ishga tushirish-sozlash ishlarining amalga oshirilish jarayonlari o‘rganildi.

Bugungi kunga kelib, korxonaning qurilish maydonida asosiy qurilish-montaj ishlari yakunlanib, ishga tushirish-sozlash oldi va ishga tushirish-sozlash ishlari bosqichma-bosqich faol sur’atlarda olib borilmoqda.

Ta’kidlash kerak, bugungi kunda zavoddagi qurilish-montaj ishlarining asosiy qismi yakunlanmoqda, bosqichma-bosqich ishga tushirish ishlari bajarilib, foydalanishga topshirilmoqda.

So‘nggi bosqich ishlarni tugallash uchun esa ayni vaqtda zavodda 9 ming 300 nafar ishchi-xodim, 600 dan ortiq maxsus texnika yordamida mehnat qilishmoqda.

Bugungi kunda loyihaning bosh pudratchilari – Koreyaning «Hyundai Engineering», «Hyundai Engineering&Construction» hamda «Enter Engineering» (Singapur) konsorsiumi tomonidan zavodda uskunalarni ishga tushirish ishlari faol sur’atlar bilan olib borilmoqda.

Xabaringiz bor zavodda asosiy podstansiya ishga tushirildi va korxonaga elektr ta’minoti qabul qilinishi boshlandi, shuningdek, 2-son nazorat-o‘lchov priborlari va avtomatika xonasi binosida ishga tushirish-sozlash ishlari yakunlandi. Zavodida birinchi marotaba yong‘inni o‘chirish suv tizimi 82-sonli qurilmasi ishga tushirildi.

Loyiha amalga oshirilishi bilan tanishish davomida, xom suv tayyorlash qurilmasi, ya’ni demineralizatsiyalangan suvni ishlab chiqarish tizimidagi ishga tushirish-sozlash ishlari (71- va 87- qurilmalar) holatlari ham o‘rganildi.

Bundan tashqari, korxonaning Markaziy boshqaruv pulti, nazorat-o‘lchov priborlari va avtomatika tizimi uchun siqilgan havo ishlab chiqarish qurilmasi (75-qurilma), shuningdek, bir qator boshqa qurilmalar ish faolti bilan tanishib chiqildi.

«O‘zbekneftgaz» Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev va O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Olimxon Rustamov tashrifida suvni sovutish tizimi foydalanishga tayyor holga keltirilganini guvohi bo‘lishdi va aynan ular ushbu tizimni ishlatish uchun start berishdi.

O‘z navbatida Boshqaruv raisi «Uzbekneftgaz GTL» zavodi Bosh direktori Fahriddin Abdurasulovga ishga tushirish oldi va ishga tushirish ishlarini sifatli bajarilishini ta’minlashga doir ko‘rsatmalar berdi.

Boshqaruv raisi xavfsizlik, mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi qoidalari va talablariga qat’iy rioya qilish, korxonaning ekspluatatsiya xodimlarini yuqori sifatli tayyorlash, shuningdek, ishga tushirish-sozlash ishlarini yuqori sifat bilan bajarishga qaratilgan qator boshqa ko‘rsatmalarga alohida e’tibor qaratdi.

«Uzbekneftegaz GTL» korxonasining ishga tushirilishi joriy yilga rejalashtirilgan bo‘lib, unda 93 ming tonna aviakerosin, 220 ming tonna dizel yoqilg‘isi, 133 ming tonna nafta va 16 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring