Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gulistonda «Damas» portladi

Gulistonda «Damas» portladi

Foto: IIV YHXBB

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 27 mart kuni soat 08:30larda, Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, Bog‘ishamol MFY hududida joylashgan avtotransport vositalariga gaz to‘ldirish shahobchasida to‘xtab turgan, fuqaro N.Q.ga tegishli bo‘lgan «Damas» rusumli avtomobilning gaz ballonida chaqnash sodir bo‘lgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar IIO FMB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, chaqnash yuzaga kelish sabablariga oydinlik kiritilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring