Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gulnora Abdurahmonova: Qozog‘istonda koronavirusga qayta chalinish holati qayd etildi

Gulnora Abdurahmonova: Qozog‘istonda koronavirusga qayta chalinish holati qayd etildi

Foto: «Ratel.kz»

Qozog‘istonda ham koronavirusga qayta chalinish holati qayd etildi, deya xabar berdi G‘arbiy Qozog‘iston viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Gulnora Abdurahmonova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bemor ilk bor aprel oyida yangi turdagi infeksiyani yuqtirib olgandi.

«Ikkinchi marta zararlanish avgust oyida sodir bo‘ldi. Ikkala safar ham bemor statsionar sharoitida davolangan», — deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi «Tengrinews.kz» portali.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda butun pandemiya davomida 150 mingta koronavirus holati aniqlangan bo‘lib, ulardan 2,2 ming nafari infeksiya asoratlari natijasida hayotdan ko‘z yumdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring