Har yili 3 ming o‘quvchi seleksiya qilinib, dunyoning nufuzli oliygohlariga tayyorlanadi

Joriy yil fevral oyida o‘tgan uchrashuvda yoshlar uchun 40 dan ziyod yangi tashabbuslar e’lon qilinib, qariyb 500 million dollar ajratildi.
Bu yil 35 milliard dollarlik 8 ming 300 ta loyiha ishga tushirilib, 292 mingta ish o‘rni yaratiladi. Yana 500 mingta ish o‘rni yaratadigan 83 milliard dollarlik loyihalar rejalashtirilgan.
Masalan, energetikada 20 milliard, neft-gaz va kimyoda 11 milliard, tog‘-konda 7 milliard, elektrotexnika va avtomobilsozlikda 4,5 milliard dollarlik minglab korxonalar ishga tushadi.
Ishlar boshlanishi bilan “yashil” iqtisodiyot, “yashil” energiya, raqamli geologiya, texnologik minerallar, bio-injeneriya yo‘nalishlarida minglab mutaxassislarga talab paydo bo‘ladi.
«Yangi texnologiyalar asrida kim yutadi? Faqat kreativ fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasblarni egallagan mutaxassislar.
Shijoatingizdan ko‘rib turibman, albatta siz, yoshlar bu korxonalarni boshqarib, katta-katta kashfiyotlar qilasizlar, ularga innovatsiyalarni olib kirasizlar!
Shu bois, hozirdanoq bunday loyihalarga kadrlar tayyorlashni boshlaymiz», — dedi Prezident.
«Garvardchilar» maktabi Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida faoliyatini boshlab yubordi.
Ushbu xalqaro maktabga bu yilgi 8-sinf bitiruvchilari orasidan 60 nafar o‘quvchi saralab olinadi va 3 ta yo‘nalishda o‘qitiladi. Kelgusida o‘quv o‘rinlari karrasiga ko‘paytiriladi.
Umuman, milliy dastur asosida har yili eng salohiyatli 3 ming o‘quvchi seleksiya qilinib, Garvard, Yel, Kolumbiya, Kornel kabi dunyoning nufuzli oliygohlariga tayyorlanadi.
Shundan kamida 300 nafari ehtiyojmand oila farzandlari bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter