Harbiy prokuror boshchiligidagi xodimlar Yuqori Chirchiqdagi karantin sharoitlari bilan tanishdi (foto)

O‘zbekiston Bosh prokurorining o‘rinbosari – Harbiy prokuror boshchiligida harbiy prokuratura xodimlari tomonidan Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari rahbariyati vakillari ishtirokida Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan maxsus karantin hududida fuqarolarimiz muhofazasini ta’minlayotgan harbiy xizmatchilar faoliyati va ularga yaratilgan shart-sharoitlar ahvoli o‘rganildi.


Jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari hamda tibbiy himoya vositalari zahiralari ko‘zdan kechirildi, shuningdek harbiy xizmatchilarga har qanday vaziyatda qonun xujjatlari talablariga va karantin qoidalariga qat’iy rioya qilishlari bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter