Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Haydovchi rashk sababli tanishiga o‘q uzdi

Haydovchi rashk sababli tanishiga o‘q uzdi

Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l o‘rtasida bir fuqaro «VAZ-2199» rusumli transport vositasiga o‘q uzgani aks etgan video tarqalmoqda. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berib o‘tdi.

Xabarda aytilishicha, shu yilning 20-yanvar kuni taxminan soat 11:35 larda 1990-yilda tug‘ilgan fuqaro «Spark» rusumli avtomobil haydovchisi Mirzo Ulug‘bek tumani, Feruza dahasi, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasining qatnov qismida o‘zining tanishi 1985-yilda tug‘ilgan A.G.ni ko‘rib qolgan. U bilan oldindan turmush o‘rtog‘ini rashk qilish oqibatida o‘zaro kelishmovchiligi bo‘lganligi sababli yana gap talashib qoladi va uning boshqaruvidagi «VAZ-2199» rusumli avtomobilning g‘ildiragiga tepib, so‘ng yonida bo‘lgan pnevmatik quroldan avtomobil tomonga bir marotaba o‘q uzadi.

Hodisa natijasida hech kim jarohatlanmagan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Unga ko‘ra jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimagan shaxsga nisbatan qat’iy qonuniy chora ko‘rilishi ma’lum qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring