Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda jangarilar guruhi politsiyaga hujum qildi

Hindistonda jangarilar guruhi politsiyaga hujum qildi

Foto: «RIA Novosti»

Hindistonning shimoliy shtatlari Jammu va Kashmirda qurollangan bir guruh jangarilar politsiyaga hujum qilishdi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi. Hodisa oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan.

Hujum Shopian shahri ma’muriy markazidan 2 km. uzoqlikda uyushtirilgan.

Jangarilar politsiya xodimlariga pistirmadan avtomatdan o‘t ochishgan. Bir zobit halok bo‘lgan.

Hujumdan so‘ng jangarilar halok bo‘lgan zobitning qurolini olib, g‘oyib bo‘lishgan.

Hozircha hech bir terrorchi guruh voqeani o‘z zimmasiga olmadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring