Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda quduqqa tushib ketgan bolani 3 kundan beri chiqarisholmayapti

Hindistonda quduqqa tushib ketgan bolani 3 kundan beri chiqarisholmayapti

Hindistonda 11 yoshli bola 24 metrli eski quduqqa tushib ketgan va 3 kundan beri uni qutqarish ishlari olib borilyapti, deb yozgan Hindustan Times nashri.

Voqea Chxattisgarx shtati Jangir Champa tumanida ro‘y bergan. Bolakay uyi orqasidagi eski quduqqa tushib ketgan. Qutqaruvchilar 50 soatdan beri uni olib chiqishga harakat qilishmoqda.

Qutqaruv ishlariga 500 dan ortiq xodim biriktirilgan, transport vositalari bolani xavfsiz chiqarish uchun tunu kun ishlayotgani yozilgan. Qutqaruvning bunchalik uzoq davom etishiga bolaning eshitish va gapirish qobiliyati pastligi sabab bo‘lgan. Shuning uchun u qutqaruvchilar yo‘riqnomasiga amal qilolmayotgani aytilgan.

Bolaga har kuni yegulik va ichkilik yetkazib turishibdi, o‘z hushida va tirikligini tekshirish uchun videokamera o‘rnatilgan. Ayni paytda quduqqa yondosh hududlardan boshqa quduqlar qazilmoqda.

Dunyo hamjamiyatida bunday ko‘rgiliklar ko‘p uchraydi. Eng shov-shuvlisi bu yil fevral oyida Marokashda kuzatilgan. 5 yoshli Rayan 32 metrli quduqqa tushib, qariyb bir hafta qolib ketgan.

Shuningdek, bunday hodisalar o‘zimizda ham uchrab turadi. Masalan, kecha Chiroqchi tumanida 6 yoshli bola 25 metrli quduqqa tushib ketgan va qariyb bir sutka o‘sha yerda qolgan. Qutqaruv ishlariga 8-sinf o‘quvchisi va quduqdagi bolaning o‘zi ham katta yordam bergan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring