Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda ulkan reklama lavhasi odamlar ustiga quladi

Hindistonda ulkan reklama lavhasi odamlar ustiga quladi

Hindistonda bo‘ron paytida 100 metrlik reklama ustuni odamlar ustiga qulab tushdi.

Ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, voqea Mumbay shahrida sodir bo‘lgan. Shaharga chang bo‘ronlari kuzatildi va kuchli yomg‘ir yog‘di.

«Kun davomida shamol shahar sharqidagi reklama taxtasini buzib tashladi, inshoot to‘g‘ridan-to‘g‘ri odamlar turgan yoqilg‘i quyish shoxobchasiga qulab tushdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 59 odam jarohatlangan», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, qulash joyida odamlar vayronalar ostida qolishi mumkin. Ularning soni 20 oshiq ekani aytilmoqda. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘rt kishi hodisa oqibatida vafot etgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring