Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokim yordamchisiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Hokim yordamchisiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Kredit mablag‘larini maqsadsiz yo‘naltirgan hokim yordamchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida ajratilgan imtiyozli kreditlarning maqsadsiz ishlatilayotganligi, ta’minotchi korxonalar tomonidan fuqarolarga yetkazib berilishi mumkin bo‘lgan tovarlarni xarid qilmaganligi holatlari aniqlangan.

Xususan, Boyovut tumani hokimi yordamchisi T.Jning ta’sischiligida 3 ta tadbirkorlik sub’yekti tashkil etilgan bo‘lib, shundan «B.L.B.» MChJga 12 holatda fuqarolarning 371,5 mln. so‘m kredit mablag‘lari o‘tkazib berilgan va ushbu mablag‘lar maqsadsiz yo‘naltirilgan.

O‘rganish natijalari bo‘yicha to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi va prokuratura tomonidan mazkur holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, Boyovut tumani hokim yordamchisi T.J.ga va boshqalarga nisbatan 03.11.2022 yilda JKning 167-moddasi 2-qismi «v», «g» bandlari va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring