Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hududlarda «valyutachi»larga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi

Hududlarda «valyutachi»larga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar A.G., D.B., Sh.X. va boshqalar jami 25 000 AQSh dollarini fuqaro M.A.ga 283,4 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Xuddi shunday, Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Namangan shahrida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan B.U. fuqaro N.V.ga 6 300 AQSh dollarini 71,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Vobkent tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.T (muqaddam valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda o‘tkazganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan) fuqaro B.M.dan jami 1 100 AQSh dollarini 12,4 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring