Ichki ishlar vazirligi bir qator xizmatlarni taklif etmoqda. Faqat pullik

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yuridik shaxslarga ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistik bo‘linmalari tomonidan pullik asosda ekspert, ilmiy-tadqiqot, axboriy xizmatlarini taqdim etadi.
Vazirlik axborot xizmatining xabar qilishicha, xizmatlar quyidagi yo‘nalishlardan iborat:
1. Qalbaki hujjatlar, qimmatli qog‘ozlar, shaxsiy guvohnomalar bo‘yicha ta’lim;
1. Videokuzatuv tizimi imkoniyatlari orqali shaxsiy identifikatsiyani aniqlash;
3. Dvigatel, shassi, avtomashinalarning raqamlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha tadqiqot olib borish;
4. Hujjatlar, qimmatli qog‘ozlar, lotereya chiptalari, shuningdek, boshqa bosma mahsulotlarning haqiqiyligini qat’iy tartibda tadqiq etib borish;
5. Qo‘lyozma yozuvlari va imzolarni aniqlash bo‘yicha tadqiqot olib borish;
6. Muddati tugagani sababli yo‘qolib qolgan matnlarni qayta tiklash;
7. Vino, araq mahsulotlari va zargarlik buyumlarining tarkibini aniqlash;
8. Kompyuter texnologiyalari sohasida xizmatlar va maslahatlar berish, xususan, raqamli axborot vositalarida yo‘qolgan axborotni tiklash, raqamli axborotni muhofaza qilish bo‘yicha maslahat berish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter