IIV: «Biometrik pasportni vaqtinchalik yashash joyidan olishning iloji yo‘q...» (video)

Ichki ishlar vazirligi vakillari bilan kechgan matbuot anjumanida jurnalist Jamshid Niyozov rasmiylarga «Nima uchun faqat xorijga chiqish pasportini vaqtinchalik yashash joyidan olish mumkinligi ko‘rib chiqilyapti? Nega biometrik pasport uchun buni taqdim etib bo‘lmaydi?» degan savol bilan murojaat qildi.
IIV rasmiysi izohiga ko‘ra, biometrik pasportda har bir shaxsning doimiy yashash manzili muhri bosiladi. Aynan shu tufayli pasportni vaqtinchalik yashash manzilidan olishning iloji yo‘q.
Xorijga chiqish hujjatida esa mazkur muhr talab qilinmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq xorijga chiqish pasportini vaqtinchalik yashash joyidan berishni joriy etish ko‘rib chiqilayotgani ma’lum bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter