Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV xodimlarining jangovar shayligi tekshirildi

IIV xodimlarining jangovar shayligi tekshirildi

Foto: IIV matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari xizmat burchini o‘tayotgan hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash asosiy vazifasidir.

O‘tgan davr mobaynida ichki ishlar organlari tizimida tub islohotlar amalga oshirilib, ayniqsa xodimlarning jismoniy va jangovor tayyorgarliklarini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ba’zan jinoyatchilarni qo‘lga olish jarayonida xodimlarga jiddiy qarshilik ko‘rsatish holatlari ham uchrab turadi. Shu bois, mazkur soha vakillaridan doimo o‘z ustida ishlab, ma’naviy-ma’rifiy bilimlari qatorida jangovar shayligini ham muntazam oshirib borish talab etiladi.

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari ishtirokida tegishli me’yoriy talablar asosida vazirlik o‘quv poligonida navbatdagi o‘q otish mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar avvalida shaxsiy tarkibga vazirlikning belgilangan buyruq va yo‘riqnoma talablari asosida, qurollardan foydalanish, xavfsizlik talablariga amal qilish, qurolni o‘qlash hamda nishonga olish tartibiga rioya qilishlari yana bir bor aniq tushuntirildi.

Shundan so‘ng xodimlar ikki guruhga bo‘linib, avtomat va xizmat pistoletidan belgilangan masofadan turib, buyruq asosida nishonga o‘q otishni boshladilar. Har bir sohaviy xizmat xodimlari mashg‘ulotni yakunlagach, natijalar ma’sul xodimlar tomonidan baholandi.

Albatta, bunday amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini muntazam ravishda o‘tkazib borilishi, kelajakda xodimlarning doimiy jangovor holatda bo‘lishlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik
va OAV bilan aloqalar boshqarmasi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring