Ijtimoiy shartnoma shartlarini bajargan yoshlar rag‘batlantiriladi
«Yoshlar daftari» jamg‘armalari orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF–222-son farmon bilan ijtimoiy shartnoma shartlari bajarilmaganda bosqichma-bosqich tegishli choralar qo‘llanishi belgilandi.
Unga ko‘ra:
- ijtimoiy shartnomaning bajarilmagan shartlarini 15 kun ichida bajarish to‘g‘risida ogohlantirish;
- ijtimoiy yordam miqdorlarini 15 foizdan 30 foizgacha kamaytirish;
- ijtimoiy yordam ko‘rsatishni 1 oydan 6 oygacha vaqtinchalik to‘xtatish;
- ijtimoiy yordam ko‘rsatishni 1 yil va undan ortiq muddatga to‘xtatish.
Ijtimoiy shartnoma shartlarini muntazam ravishda kamida 6 oy davomida yuqori darajada bajargan yoshlar quyidagicha rag‘batlantiriladi:
- unga imtiyozli ravishda navbatdan tashqari ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi;
- eng yaxshi 1 000 nafar yoshlar har yili bir marta BHMning 3 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
- yoshlarning tashabbuskorligi va faolligini rag‘batlantirishga qaratilgan mukofotlarga tavsiya etiladi.
Ma’lumot uchun, ijtimoiy shartnoma — kambag‘al oilalarga ko‘mak choralarining muayyan majburiyatlarni bajarish sharti bilan ko‘rsatilishini nazarda tutuvchi shartnoma hisoblanadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter