Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki hafta ichida O‘zbekistonda banan narxi 14 foizga oshdi

Ikki hafta ichida O‘zbekistonda banan narxi 14 foizga oshdi

Foto: «ferra.ru»

O‘zbekistonda bananning ulgurji narxi ketma-ket ikkinchi haftada o‘sib bormoqda va ushbu mahsulotlarning o‘rtacha ulgurji narxi 14 foizga oshdi. Biroq, hozirgi ulgurji narxlar o‘tgan yillardagi shu davrda qayd etilgan darajadan past, deydi East-fruit  mutaxassislari.

Tahlilga ko‘ra, 2023-yil 22-sentabrdan 6 oktabrgacha O‘zbekistonda bananning o‘rtacha ulgurji narxi 14 000 so‘mdan 16 000 so‘mgacha (1,15 dollardan 1,31 dollargacha) oshdi, bu so‘nggi 5,5 oy ichida ushbu mahsulotlar narxining birinchi sezilarli o‘sishi bo‘ldi. Aprel oyining uchinchi o‘n kunligidan joriy yilning iyun oyi oxirigacha bananning ulgurji narxi barqaror ravishda pasayib ketdi, keyin sentyabr oyining ikkinchi o‘n kunligining oxirigacha o‘rtacha ulgurji narx deyarli bir xil darajada saqlanib qoldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring