«Ikki million dollar kredit olish uchun nima qilish kerak?...»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqarolar M.M. va S.N. «D...» MChJ rahbari X.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi tijorat bankidan 2 mln AQSh dollari miqdorida imtiyozli kredit olib berish evaziga, kredit summasining 5 foizini hisoblab, ya’ni 100 ming AQSh dollari ustama puli so‘rashib, shundan 55 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter