Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikkilamchi bozordagi uy-joylar narxi qariyb 16 foizga oshgan

Ikkilamchi bozordagi uy-joylar narxi qariyb 16 foizga oshgan

Joriy yil boshidan buyon ikkilamchi bozorda uy-joylarning tez o‘sishi kuzatilmoqda. Xususan, respublikada 1 kv.m uchun uy-joy narxi 15,8 foizga oshdi.

Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining ko‘chmas mulk bozori tahliliga oid sharhida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, noyabr oyida ikkilamchi bozorda uy-joylarning o‘rtacha narxi 3,9 foizga oshdi (iyul oyida – 2,5 foiz, avgust oyida – 0,5 foiz, sentyabr oyida – 1,1 foiz, oktyabr oyida – 2,3 foiz).

Ikkilamchi uy-joy narxlarining eng sezilarli o‘sishi Toshkent (22,9 foiz), Navoiy (22 foiz) viloyatlar va Toshkent shahrida (22,7 foiz) kuzatildi.

Poytaxtda ikkilamchi uy-joy bozoridagi narx bir oy ichida 2,4 foizga qimmatlashdi (iyul oyida – 2,4 foiz, avgust oyida – 1,4 foiz, sentyabr oyida – 1,7 foiz, oktyabr oyida – 4,6 foiz).

Narxlarning eng yuqori o‘sishi poytaxtning Bektemir – 12 foiz, Mirobod – 5 foiz va Yunusobod – 4 foiz tumanlarida qayd etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring