Ikkita hududda ikki yuzdan ortiq kishi koronavirusni yuqtirib oldi

2020-yil 13-sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 47 287 (+245) nafarni tashkil etmoqda.
SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 231 nafari Toshkent shahrida, 14 nafari Toshkent viloyatlarida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 82 yoshli P.X. (erkak) hamda Olmazor tumanida yashagan 48 yoshli S.X. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 187 nafar, Toshkent viloyatida 124 nafar, Samarqand viloyatida 20 nafar, Namangan viloyatida 11 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar Qashqadaryo viloyatida 5 nafar hamda Andijon viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 43 866 (+355) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 3 031 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter