Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilgiz Tantashev Paragvay – Fransiya uchrashuvini boshqaradi

Ilgiz Tantashev Paragvay – Fransiya uchrashuvini boshqaradi

Foto: Tribuna

O‘zbekistonlik hakamlar Jahon chempionatining 1/8 finalida ishlaydi. 

O‘zbekistonlik FIFA hakami Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan Paragvay – Fransiya uchrashuviga tayinlandi.

Ilgiz Tantashevga qanot hakamlari Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam beradi.

Uchrashuv 5-iyul kuni soat 02:00 da AQShning Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs AQSh mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanalar doirasiga to‘g‘ri kelayotgani bois, stadionda mamlakatning yuqori martabali davlat amaldorlari ham tashrif buyurishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Tantashev bungacha ikkita guruh o‘yiniga hakamlik qilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring