Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Imkoniyati cheklangan bolalar va kattalar uchun 31 milliard so‘m ajratiladi

Imkoniyati cheklangan bolalar va kattalar uchun 31 milliard so‘m ajratiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 102-sonli zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatga borgani xabar berilgandi.

Yig‘ilishda aytilishicha, 2022-yilda imkoniyati cheklangan bolalar va kattalarni zarur jihozlar bilan ta’minlash maqsadida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligiga 31 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi. Bunda:

- bolalar serebral falaji, umurtqa pog‘onasi kasal bo‘lgan shaxslarda mustaqil yurish funksiyalarini qayta tiklash uchun 20 dona ekzoskelet;

- 880 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga zamonaviy pultli aravachalar;

- ko‘zi ojiz bolalar va kattalar uchun 1 ming 800 dona ovozli termometr, 2 ming dona ovozli tonometr, 2 ming dona Brayl alifbosi bo‘yicha yozuv moslamalari;

- nogironligi bo‘lgan shaxslar favqulodda vaziyatlarga tushganda ularga tezkor yordam ko‘rsatish uchun 6 mingta smart-soat, shuningdek yetarli miqdorda eshitish moslamalari xarid qilish nazarda tutiladi.

Tibbiy-ijtimoiy muassasalar kontingentini to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ularni manzilli davolash va dam olishga yo‘naltirish shartligi qat’iy belgilab qo‘yildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligiga «Ijtimoiy xizmat» elektron platformasini joriy yil 1 mayga qadar ishga tushirishni ta’minlash topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring