Infeksionist vaqti kelib COVID yengillashishini aytdi

Vaqt o‘tishi bilan koronavirus infeksiyasining yangi turi yengilroq shaklda o‘tadi. Bu fikrni rossiyalik infeksionist-shifokor professor Nikolay Malishev jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Shifokorning ta’kidlashicha, koronavirus infeksiyasi tarqalishini kamaytirishning iloji bor. Buning uchun Malishevning so‘zlariga ko‘ra, vaksinatsiyani amalga oshirish kerak. Biroq COVID-19 butunlay yo‘q bo‘lib ketmaydi. Vaziyat 2009-yilda grippning tarqalishiga o‘xshab ketadi, dedi infeksionist. Malishevning esga olishicha, 12 yil oldin gripp bilan kasallanish darajasi yuqori bo‘lgan. Ammo keyinchalik bu dard oddiy nafas olish kasalligiga aylangan.
«Nima bo‘lishidan qat’i nazar, endi u bilan birga yashashimizga to‘g‘ri keladi. Faqat vaziyat hozirgidek bo‘lmaydi. Bundan keyin u yengillashib boraveradi», — dedi professor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter