Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Innovatsion g‘oyalaringiz bormi? Vazir sizni eshitadi

Innovatsion g‘oyalaringiz bormi? Vazir sizni eshitadi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan maxsus portalni ishga tushirilgan. «AKT rivoji uchun innovatsion g‘oyalar» deb nomlangan ushbu portal orqali barcha xohlovchilar AKT sohasi bo‘yicha o‘z g‘oyalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazirga yuborishlari mumkin.

Innovatsion g‘oyalarni yuborish uchun ro‘yxatdan o‘tish, oferta bilan tanishish va tasdiqlash lozim. So‘ng axborot texnologiyalari, ta’lim, elektron hukumat, telekommunikatsiyalar, pochta kabi yo‘nalishlar bo‘yicha takliflarni o‘zbek yoki rus tilida yuborish imkoni bo‘ladi.

«AKT rivoji uchun innovatsion g‘oyalar» portali tashkil etilgani haqida AKT vaziri Azim Axmedxadjayev 22-may kuni bo‘lib o‘tgan #MITCROADMAP 2018 konferensiyasida e’lon qilgan edi.

Ayni paytda mazkur portal orqali bir nechta taklif va g‘oyalar berilgan. Ular bilan batafsil http://idea.mitc.uz saytida tanishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring