Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Innovatsion o‘g‘irlik. Gulistonda elektr hisoblagichni to‘xtatadigan pult ixtiro qilindi

Innovatsion o‘g‘irlik. Gulistonda elektr hisoblagichni to‘xtatadigan pult ixtiro qilindi

Majburiy ijro byurosining Sirdaryo viloyat boshqarmasi hamda Guliston shahar bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan joriy yilning 28 fevral kuni Guliston shahri, «Namuna» MFY, X.Do‘stligi ko‘chasida joylashgan «K.X.N.» MChJga qarashli avtomashinalarni yuvish shahobchasida energiya ressurslaridan foydalanishning qonuniyligi yuzasidan o‘tkazilgan tekshirish davomida elektr tarmog‘iga ulangan elektr hisoblagich ichiga ko‘z ilg‘amas holda, yashirin ravishda elektr ta’minotiga ta’sir etuvchi pult bilan boshqariladigan chip moslamasini o‘rnatilib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.

O‘tkazilayotgan surishtiruv harakatlari davomida «K.X.N.» MChJ rahbari A.Yu. tomonidan ta’minot korxonasi manfaatlariga 23 mln. 074 ming. 605 so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi aniqlangan. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Sirdaryo viloyati boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabar berib o‘tdi.

Ushbu holatni MChJ rahbari A.Yu. «elektr hisoblagichni yashirin ravishda pult bilan boshqarib kelganman «ekonom» qilish maqsadida, qilgan ishimdan pushaymonman», — deya izohladi.

Hozirgi kunda Byuroning Sirdaryo viloyat boshqarmasi surishtiruv va ma’muriy amaliyot sho‘’basi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borish jarayonida aniqlangan zarar to‘liq undirilib, «ixtirochi»ga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi ta’minlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring