Inson bir kunda qancha miqdorda choy ichishi kerak?
Kun davomida inson ikki stakandan ko‘p bo‘lmagan choy ichish kerak. Bu haqda diyetolog Galina Volkova aytib o‘tdi, deb xabar beradi «RIA Novosti».
Qora choy qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi, ko‘k choy esa yog‘ birikmasini tez parchalaydi.
«Qora yoki ko‘k choyni ikki piyoladan ko‘p bo‘lmagan holda ichish tavsiya etiladi. Siz o‘simlik damlamasini ham ichishingiz mumkin», - maslahat berdi mutaxassis.
Diyetologning fikriga ko‘ra, qahva ham ko‘p iste’mol qilinmasligi kerak va kuniga bir stakan bilan cheklash yaxshiroqdir. Oshqozon-ichak trakti va boshqa organlardan hech qanday kontrendikatsiyalar yo‘qligi muhimdir.
«Kechqurun uyqusizlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan kofeinli ichimliklardan voz kechish yaxshiroqdir», dedi Volkova.
Bundan tashqari, hatto sog‘lom odam ham shakar o‘z ichiga olgan va gazlangan ichimliklar, qadoqlangan sharbatlar, choy va qahvadagi shakardan voz kechishi kerak, deya xulosa qildi diyetolog.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter