Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iroqda COVID-19 bilan kasallanishlar soni bo‘yicha kunlik rekord o‘rnatildi

Iroqda COVID-19 bilan kasallanishlar soni bo‘yicha kunlik rekord o‘rnatildi

Foto: «News.tut.by»

Iroqda koronavirusga chalinganlar soni bir kecha-kunduzda qariyb besh ming nafarga ko‘paydi, deya ma’lum qildi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi.

«Bir kecha-kunduzda 5036 ta yangi COVID-19 holati qayd etildi, 3611 kishi tuzaldi, 84 nafar bemor vafot etdi», — deya xabar berdi «INA» agentligi.

Eng ko‘p kasallanganlar — 1,3 ming nafardan ziyod kishi poytaxt Bog‘dod shahrida aniqlandi.

Shu tariqa Iroqda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 252 ming kishidan oshdi, ulardan 191 ming nafari sog‘aydi. Koronavirus bilan bog‘liq kasalliklardan jami 7359 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Hozirda intensiv terapiya bo‘limida 495 nafar bemor davolanmoqda.

Avgustning oxirida sog‘liqni saqlash vaziri Hasan at-Tamimi Iroq koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqaruvchi har qanday davlat bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring